Super joy ekan. Ovqatlari mazali, ishchilari muomalasiga gap yo'q, fayzli joy ekan. Namoz o'qishga ham sharoit qilib berishdi. Menyudan bitta ovqat yo'q ekan, shunga oshpazi shaxsan o'zi kelib uzr so'rab vaziyatni tushuntirib ketdi. Xullas Toshkent vodiy yo'nalishida ovqatlanishga shu joyni tavsiya qilaman.
Yana bir e'tiborimni tortgan joyi zalda chekkanlarga 100.000 shtraf deb yozib tashlagan hamma joyga, super